Květa Eretová
Květa Eretova (qizlik familyasi: Jeništová; 1926-yil 21-oktabr — 2021-yil 8-yanvar) — chex ayol shaxmatchisi, 1986-yilda FIDE tomonidan ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻlgan. U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Chexoslovakiya chempionatining oʻn karra gʻolibi hisoblanadi.
Květa Eretová | |
---|---|
Eretová 1979-yillarda | |
Mamlakat | Chexoslovakiya |
Tugʻilishi |
21-oktyabr 1926-yil Prague, Chexoslovakiya |
Vafoti |
8-yanvar 2021-yil (94 yoshda) |
Saravha | Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Shaxmatdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1950-yillarning oʻrtalaridan 1970-yillarning oʻrtalarigacha Kveta Eretova chexoslovakiyalik yetakchi ayol shaxmatchilardan biri boʻlib kelgan. U oʻn marta Chexoslovakiya ayollar chempionatida gʻolibni qoʻlga kiritgan, jumladan: 1955, 1960, 1961, 1962, 1963, 1964, 1966, 1975, 1976 va 1986-yillardagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Umuman olganda, Kveta Eretova 23 ta medalni (jumladan, 10 ta kumush va 3 ta bronza medallari) qoʻlga kiritdi, bu barcha davrdagi chempionatlar uchun rekord natija hisoblanadi. U koʻplab xalqaro shaxmat turnirlarining sovrindori boʻlgan (jumladan, 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan musobaqalari: Moskva (1971-yil), Emmen (1971-yil) va Halle (1971 va 1978-yillar)).
Květa Eretova shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatiga nomzodlar turnirida ikki marotaba ishtirok etgan:
- 1959-yilda Plovdivdagi nomzodlar turnirida Kveta 10-oʻrinni egalladi;[1]
- 1964-yilda Suxumidagi nomzodlar turnirida ham yana bir bora 10-oʻrinni zabt etdi.[2]
1979-yilda u Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan ayollar hududlararo turnirida qatnashib, 8-9-oʻrinlarni egalladi.[3]
Kveta Eretova ayollar shaxmat olimpiadasida Chexoslovakiya nufuzini himoya qilib, dona surgan:[4]
- 1957-yilda Emmen shahrida boʻlib oʻtgan 1-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasi) ikkinchi taxtada oʻynadi (+8, =1, −2) va shaxsiy kumush medalini qoʻlga kiritdi.
- 1966-yilda Oberxauzendagi 3-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasi) birinchi taxtada (+4, =6, −2),
- 1969-yilda Lublin shahrida oʻtkazilgan IV Shaxmat Olimpiadasida (ayollar toifasi) ikkinchi taxtada (+5, =3, −1) jamoaviy va shaxsiy bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
- 1972-yilda Skopye shahrida oʻtkazilgan V Shaxmat Olimpiadasida (ayollar toifasi) ikkinchi taxtada (+2, =5, −1),
- 1974-yilda Medellindagi 6-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasi) birinchi taxtada (+4, =4, −2) oʻz yurishlarini amalga oshirgan.
1957-yilda Kveta Eretova FIDE tomonidan Xalqaro ayol usta (WIM) unvoniga sazovor boʻldi. 1986-yilda u ayol grossmeyster (WGM) unvonini ham qoʻlga kiritdi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Květa Eretová 2021-yilning 8-yanvarida 94 yoshida vafot etdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „1959 Candidates Tournament : World Chess Championship (women)“. www.mark-weeks.com.
- ↑ „1964 Candidates Tournament : World Chess Championship (women)“. www.mark-weeks.com.
- ↑ „1979 Rio de Janeiro Interzonal Tournament : World Chess Championship (women)“. www.mark-weeks.com.
- ↑ Bartelski. „OlimpBase :: Women's Chess Olympiads :: Květa Eretová“. www.olimpbase.org.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Květa Eretová shaxmat oʻyinlari 365Chess.com saytidan